Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markaziga Fransiya elchixonasi tomonidan texnik o‘quv jihozlari topshirildi

5 Yanvar, 2026 26

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markaziga Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi faoliyatida foydalanish uchun zamonaviy texnik o‘quv jihozlari sovg‘a qilindi.

Mazkur texnik vositalar metodistlar tomonidan metodik yordam jarayonlarini samarali tashkil etish, o‘quv mashg‘ulotlari, seminar va treninglarning sifatini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu tashabbus ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, pedagog kadrlarning kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi rahbariyati ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun Fransiya elchixonasiga minnatdorlik bildirib, kelgusida ham ta’lim yo‘nalishidagi hamkorlik aloqalari izchil davom etishiga ishonch bildirdi.

🎄Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech