Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi jamoasi Toshkentda!

4 May, 2026 5

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi jamoasi poytaxtimiz Toshkent shahriga bir kunlik sayohat uyushtirdi. Mazkur tashrif markaz direktori Anvar Sobirov tashabbusi hamda markaz kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etildi.

Sayohat davomida jamoa a’zolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, uning betakror me’morchiligi va boy ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishdilar.
Ushbu maskan nafaqat ilm-ma’rifat o‘chog‘i, balki ajdodlarimizning boy tarixini o‘zida mujassam etgan maftunkor va ilhom baxsh etuvchi maskan sifatida barchada katta taassurot qoldirdi.

Sayohatdan yorqin lavhalar va unutilmas taassurotlar!

Powered by GSpeech