Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi tomonidan Pastdarg‘om tumanidagi 84-maktabda “Tabiiy va aniq fanlarni o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida seminar-trening tashkil etildi

27 Fevral, 2026 9

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi tomonidan Pastdarg‘om tumanidagi 84-maktabda “Tabiiy va aniq fanlarni o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Tadbirda maktab o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari faol ishtirok etdilar.

Seminar davomida quyidagi dolzarb mavzularda trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi:
🔹 Tabiiy fanlarni o‘qitishda xorijiy tajribalarni qo‘llash
🔹 Kimyo va biologiya darslarida 5E modelidan samarali foydalanish
🔹 Matematikani o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar
Mashg‘ulotlarni markazning Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari — N. Yunusova, R. Sanayeva, D. Ibodullayeva, M. Asadova hamda D. Abdixakimovalar olib bordilar.

Amaliy topshiriqlar jarayonida ishtirokchilar interfaol metodlar asosida ishlashib, tajriba almashdilar. Seminar-trening umumta’lim maktablarida darslarni samarali tashkil etish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish hamda xorijiy tajribalarni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech