Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi vakillari Registon xususiy maktabi faoliyati bilan tanishdi

26 May, 2026 15

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov hamda markazning bir guruh xodimlari Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan Registon xususiy maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mehmonlarga ta’lim jarayonini tashkil etish, zamonaviy o‘quv metodlari, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda maktabning innovatsion yondashuvlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, uchrashuv jarayonida ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantirish hamda o‘zaro tajriba almashish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur tashrif samarali hamkorlikni yanada mustahkamlash va ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech