Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi yotoqxonasida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi

8 Yanvar, 2026 38

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazining tinglovchilar turar joyi (yotoqxona)da istiqomat qilayotgan xotin-qizlar bilan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ul M. Yakubjanova, Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari D. Sayipova, I. Raimkulova, D. Yunusova, D. Islomova, shuningdek komendant I. G‘ulomov va navbatchi N. Rahmonova tomonidan tanishuv ishlari olib borildi.

Tashrif davomida tinglovchilarning yashash sharoitlari ko‘zdan kechirildi hamda ichki tartib-intizom qoidalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Tinglovchilar ishtirokida davra suhbati tashkil etilib, unda ma’naviy-ma’rifiy masalalar muhokama qilindi.

Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Ma’naviyat – qalb o‘chog‘i” mavzusida qisqacha ma’ruzalar o‘qildi. Ma’ruzalar davomida ma’naviyatning inson ichki dunyosi, axloqi, ma’naviy qadriyatlari va ruhiy rivojlanishidagi o‘rni alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbir jarayonida tinglovchilar o‘zlari o‘qigan badiiy va metodik asarlar yuzasidan fikr almashdilar. Pedagogik mahorat markazidagi yangiliklar hamda tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumotlar berildi.

Ustozlar yotoqxonadagi mavjud imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini bildirib, yaratilgan sharoitlar uchun o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

Powered by GSpeech