Samarqand viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “O‘qish savodxonlari” tanlovi o‘tkazilmoqda. Mazkur tanlov Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2026-yil 6-martdagi 93-sonli buyrug'idagi belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tashkil etilib, o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, o‘qish va tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun tanlovning birinchi kuni bo‘lib, u Urgut, Pastdarg‘om, Jomboy hamda Kattaqo‘rg‘on tumanlaridagi maktablarda bo‘lib o‘tmoqda.
Tanlov davomida ishtirokchilar o‘qilgan matnni tushunish, tahlil qilish va mazmunini to‘g‘ri ifoda etish bo‘yicha o‘z bilim va mahoratlarini namoyon etadilar. Eng faol va bilimdon o‘quvchilar tanlov yakunida munosib rag‘batlantiriladi.
Ushbu tashabbus yosh avlodni kitobga oshno etish, ularning tafakkurini boyitish hamda mustaqil fikrlashini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: