Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Xusan To‘xtayev Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov hamrohligida markazda olib borilayotgan o‘quv jarayonlari va qurilish ishlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida o‘quv jarayoni sifati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati, tinglovchilarning davomat ko‘rsatkichlari hamda markazdagi umumiy muhit va sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Mas’ullarga o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, davomatni qat’iy nazorat qilish hamda o‘quv muhitini yanada qulay va sog‘lom sharoitga keltirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: