Seminar-trening: “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini samarali tashkil etish yo‘nalishida metodik yordam

6 Noyabr, 2025 14

Joriy yilning 5-noyabr kuni Qo‘shrabod tumani 82-umumta’lim maktabida tuman umumta’lim maktablarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun “Ta’lim sifatining investitsiyasi: Tanlov sinflarini optimal boshqarish va natijalarini baholash” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

☀️Tadbir davomida Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi metodistlari — D. Saparova, T. Zaynizoda, S. Mamatova, A. Eshmurzayev va M. Do‘styarovlar tomonidan rejalashtirilgan mavzular bo‘yicha interfaol trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

✅Seminar-treningda tuman MMT bo‘limi, monitoring bo‘limi hamda KRK bo‘yicha mas’ullar ishtirok etdilar.
Uchrashuv yakunida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini o‘tkazish tartibi, tahlil qilish bosqichlari hamda amaliy vazifalar belgilab olindi.

🎤 Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati

✏️Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech