SAMARQANDDA INKLYUZIV TA'LIM BO'YICHA SEMINAR-TRENINGLAR BOSHLANDI

10 Sentyabr, 2025 59

2025-yil 10–11-sentabr kunlari Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tashabbusi bilan “Ishonch 2030 – O‘zbekistonda ta’limni rag‘batlantirish: AKT va raqamli ta’limdan foydalanish orqali sifatli va inklyuziv ta’lim natijalarini ta’minlash” loyihasi doirasida seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Seminarda Samarqand va Buxoro, Navoiy viloyatidagi pilot maktablar rahbar va o‘qituvchilari, shuningdek markaz professor-o‘qituvchilari ishtirok etadi. Tadbir davomida chet el professor-o‘qituvchilari va master-trenerlari amaliy mashg‘ulotlarni olib borib, ishtirokchilarga ilg‘or tajribalar va samarali yondashuvlarni taqdim etadi.

Tadbirda markaz direktori A.Sobirov, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i M.Hamdamov ishtirok etib, ikki kun davom etadigan seminar-trening ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Powered by GSpeech