Shanxayda xalqaro konferensiya boshlandi!

28 Noyabr, 2025 18

UNESCO O‘qituvchilarni tayyorlash markazi tomonidan tashkil etilgan “Belt and Road – 2025 Autumn Session” konferensiyasi Shanxay shahrida o‘z ishini boshladi.

Tadbirning ochilishida UNESCO TEC direktori janob Minxuan Gou delegatsiyalar bilan samimiy muloqot qilib, O‘zbekiston ta’lim tizimi haqida iliq fikrlarini bildirdi hamda hamkorlikni yanada kengaytirish istagini qayd etdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida:
• A. Sobirov – Samarqand viloyat pedagogik mahorat markazi direktori
• A. Samyayev – kafedra mudiri
• N. Shanazarova – o‘zbek tili fani metodisti
• U. Narkulov – ingliz tili metodisti

Delegatsiya vakillari konferensiya doirasida ilg‘or tajribalar va innovatsion ta’lim yondashuvlari bilan tanishishni davom ettirmoqda.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech