Shukronalik va faxr tuyg‘usi ulashgan tong

20 Fevral, 2026 7

 

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan markazga tashrif buyurayotgan tinglovchilar uchun ko‘tarinki ruhda tonggi tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar hayot ne’mati, tinch va osoyishta yurtda mehnat qilayotganlari uchun shukronalik izhor etdilar.
Ezgu an’ana asosida o‘tkazilayotgan ushbu uchrashuvda har bir kishi o‘zining ichki kechinmalari va minnatdorlik tuyg‘ularini samimiy tarzda bayon qildi.

Shuningdek, mashaqqatli, ammo sharafli bo‘lgan o‘qituvchilik kasbini tanlaganliklaridan faxrlanishlari trening mashqlari orqali ifoda etildi. Ishtirokchilar o‘z fikrlarini oq qog‘ozga yozib, bir-birlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Mazkur tonggi tadbir ustozlar qalbida yanada ishonch, motivatsiya va kasbga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi. 🌿

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech