Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda A. Avloniy nomidagi milliy pedagogik mahorat instituti tomonidan “Ta’limda uzluksiz kasbiy rivojlantirishning dolzarb muammolari, yechimlari va istiqbollari” mavzusida forum tashkil etildi.
Forum doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar maktabgacha hamda maktab ta’limi boshqarmalari vakillari, hududiy pedagogik mahorat markazlari rahbarlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Unda:
🔹 “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini tashkil etish;
🔹 100 soatlik malaka oshirish kurslari natijalari;
🔹 ilg‘or tajribalarni ommalashtirish masalalari muhokama qilindi.
Forum konferensiyalar, ta’lim ko‘rgazmalari va madaniy dasturlar bilan davom etmoqda.
Tadbirda Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov hamda mas’ullar ishtirok etmoqda.