TINGLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT: MUAMMO, TAKLIF VA YECHIMLAR

3 Sentyabr, 2026 5

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida sentyabr oyida malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

 Markaz direktori Anvar Sobirov boshchiligida o‘tkazilgan muloqotda tinglovchilarning ta’lim jarayoni, yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligi hamda malaka oshirish kurslarini yanada takomillashtirish yuzasidan fikr va takliflari tinglandi.

 Ochiq va samimiy ruhda kechgan uchrashuv davomida tinglovchilarni qiynayotgan masalalar muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Bunday ochiq muloqotlar pedagoglarning fikr-mulohazalarini o‘rganish, ta’lim sifatini oshirish va malaka oshirish jarayonini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech