Tadqiqotchilikka asoslangan ta'lim: amaliy mashg‘ulotlar ARMda

18 Iyun, 2026 10

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Ijtimoiy va amaliy fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, dotsent G. Tagayev rahbarligida tarix fani o‘qituvchilari uchun tadqiqotchilikka asoslangan ta’lim yondashuvi bo‘yicha amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.

Markaz Axborot-resurs markazida o‘tkazilgan mashg‘ulot davomida kurs tinglovchilari o‘zlari tanlab olgan loyiha ishlari yuzasidan ARM manbalaridan foydalanib, kichik tadqiqot faoliyatini amalga oshirdilar. Jarayonda ishtirokchilar ma’lumotlarni izlash, tahlil qilish hamda ilmiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini mustahkamladilar.

Mazkur amaliy mashg‘ulot pedagoglarning tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish va ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etishga xizmat qildi.

Powered by GSpeech