Bugun Xitoyning Shanxay taʼlim markazida Markaziy Osiyo davlatlari pedagoglari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyishga bagʻishlangan tor doiradagi uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida tomonlar bir qator muhim kelishuvlarga erishib, hamkorlikka oid shartnoma va memorandumlar imzolashga kelishib olindi.
- Unesko doirasidagi taʼlim sohasidagi hamkorlik keyingi toʻrt yil davomida yanada rivojlanishi kutilmoqda. Ushbu kelishuvlar natijasida o‘qituvchilarimiz Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Malayziya, Singapur va boshqa davlatlarda malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, deydi, delegatsiya aʼzosi Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov.
Qabul qilingan qarorlar mintaqada taʼlim sifati oshishiga, pedagog kadrlarning kasbiy rivojiga hamda xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirishga xizmat qiladi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: