Tinglovchilar turar joyida xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

6 Noyabr, 2025 13

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazining tinglovchilar turar joyida (yotoqxonada) xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda markazning xotin-qizlar bo‘yicha mas’uli M. Yakubjanova hamda professor-o‘qituvchilardan D. Rabbanayeva ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tinglovchilarning yashash sharoitlari bilan tanishildi, yotoqxonadagi ichki tartib-intizom masalalari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazilib, ta’lim tizimidagi so‘nggi islohotlar, pedagogik mahorat markazida amalga oshirilayotgan yangiliklar hamda tinglovchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida fikr almashildi.

Ustozlar yotoqxonada yaratilgan imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini bildirib, o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

 Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech