Toyloq tumanida yozgi o‘quv seminari tashkil etildi

14 Avgust, 2026 37

Toyloq tumanida pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirish maqsadida yozgi o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

 Unda tumandagi 150 nafardan ziyod yetakchi o‘qituvchilar ishtirok etdi.

🎓 Seminarni Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z so‘zida pedagoglarning kasbiy rivojlanishi, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini amaliyotga tatbiq etish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish muhimligini ta’kidladi.

🏆 Tadbir davomida o‘zining faolligi, tashabbuskorligi va samarali mehnati bilan ajralib turgan pedagoglar Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

💡 Seminar davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, zamonaviy pedagogik yondashuvlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar.

✨ Mazkur o‘quv seminari pedagoglarning kasbiy salohiyatini yanada oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Powered by GSpeech