Samarqand viloyatida pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga qaratilgan yozgi o‘quv seminarlari hududlarda izchil davom etmoqda.
Navbatdagi seminarlar Oqdaryo va Ishtixon tumanlarida samarali tashkil etildi.
Seminarlarda pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini amaliyotga joriy etish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, ta’lim jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan zamonaviy metod va yondashuvlar bilan yaqindan tanishdilar.
Samarqand viloyati PMMni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: