UNESCOning 43-sessiyasida O‘zbekistonning maktabgacha ta’lim tizimi tahlil qilindi

5 Noyabr, 2025 6

2025-yil 5-noyabr, Samarqand. Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan UNESCOning 43-sessiyasi doirasida O‘zbekistonning maktabgacha va maktab ta’lim tizimi atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’lim vaziri Karimova E’zozxon Gapirjonovna, UNESCOning ta’lim bo‘yicha prezidenti Alberto Piyankoli hamda uning o‘rinbosari Stivine Janene erta yoshdagi ta’lim va tarbiyaning ahamiyati, tizimning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan statistik tahlil o‘tkazdilar.

Yig‘ilishda, shuningdek, Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori A. Sobirov ham ishtirok etdi.

Sessiya yakunida UNESCOning “Erta yoshdagi ta’lim markazi” tashkil etilishi e’lon qilindi. Ushbu markaz nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun bolalar ta’limi va tarbiyasida tayanch maskan sifatida faoliyat yuritishi ta’kidlandi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech