UNESCOning 43-sessiyasi – ta’limda yangi bosqich!

6 Noyabr, 2025 8

Bugun Samarqand shahrida o‘tkazilgan UNESCOning 43-sessiyasi doirasida O‘zbekistonning maktabgacha ta’lim tizimi haqida atroflicha tahlil va muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Men uchun bu tadbirda ishtirok etish — katta sharaf. Sessiyada erta yoshdagi ta’limning bugungi holati, muammolar va istiqbollar yuzasidan qimmatli fikrlar bildirildi.

Ayniqsa, UNESCO tomonidan “Erta yoshdagi ta’lim markazi” tashkil etilishi – bu nafaqat mamlakatimiz, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun muhim qadam ekanini alohida ta’kidlamoqchiman.

Maktabgacha ta’lim — bu bolaning kelajakdagi yutuqlarining poydevori.
Biz Pedagogik mahorat markazi jamoasi bilan pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va amaliyotga joriy etish orqali bu sohada yangi bosqichni boshlab beramiz.

Ta’limga e’tibor — bu kelajak avlodga e’tibor!

Anvar Sobirov,
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech