USTOZ, MURABBIY QADR-QIMMATI BUGUNGIDEK YUKSAK BO‘LMAGAN!

1 Oktyabr, 2025 34

Assalomu alaykum, qadrli ustozlar, aziz murabbiylar!

Siz-u biz hayotimizni baxsh etgan ushbu yo‘l har doim sharafli, mashaqqatli, zalvorli faoliyat bo‘lib kelgan.

Taassufki, har doim ushbu mashaqqatli mehnat o‘z eʼtirofini topmagani sir emas! Jamiyat oldida har qanday muammoli holatlarga, avvalo, O‘QITUVCHI balogardon bo‘lganligini unutganimiz yo‘q!

Qanday saodatki, inson qadr-qimmati, shaʼni yuksalib borayotgan Yangi O‘zbekistonimizda USTOZga bo‘lgan ehtirom o‘zgardi! Tan olishimiz kerakki, bugun fidoyi, o‘z ustida ishlagan, ilmini oshirib borayotgan hamkasblarimiz mehnati YUKSAK darajada moddiy-maʼnaviy jihatdan eʼtirofini topmoqda!

Shunday farog‘atbaxsh kunlarda Siz azizlarni 1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami bilan samimiy muborakbod etaman! Mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy muvaffaqiyat tilayman! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Anvar Sobirov,
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori

Powered by GSpeech