Ayni paytda
Samarqand shahrida “Sifatli ta’lim — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida beshinchi “Ustozlar Milliy forumi” bo‘lib o‘tmoqda.
Forum doirasida ta’lim-tarbiya sohasida faol va tashabbuskorlik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh pedagoglar Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Quvonarlisi, taqdirlanganlar orasida Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi dotsenti Xusniddin Qoraboyev hamda musiqa fani metodisti Valijon Niyozov ham bor.
Ustozlarning samarali mehnati, ta’lim rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi va fidoyiligi ana shunday e’tirof bilan yuksak qadrlanmoqda.