Samarqand viloyati hokimiyati, O'zbekiston jurnalistlar uyushmasi viloyat bo'limi va Pedagogik mahorat markazi hamkorligida viloyat Matbuot uyida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Unda viloyat Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov tomonidan "Maktabgacha va maktab ta’limi pedagog xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlili" mavzusida axboroti tinglandi.
Mazkur matbuot anjumanida, Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazida viloyatimizdagi maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha bir qator tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, jurnalistlardan kelib tushgan savollarga javoblar berdi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: