Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida Viloyat hokimining ma'naviyat va davlat tili masalalari bo'yicha maslahatchisi Sherali Temirov ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
✅ Tadbirni Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berib, davlat tilining ta’lim tizimidagi o‘rni, ona tili va adabiyot fanlari orqali yosh avlodda milliy tafakkur va ma’naviyatni shakllantirish masalalariga to‘xtaldi.
⌛️ Uchrashuv davomida Sherali Temirov davlat tilini rivojlantirish, uni ta’lim jarayonida to‘g‘ri va samarali qo‘llash, dars jarayonlarida zamonaviy yondashuvlar va metodlardan foydalanish masalalari yuzasidan atroflicha fikr bildirdi.
📚 Shuningdek, Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan taqdim etilgan "Zarif soʻz ziyorati", «Oʻzbek tili omonimlar lugʻati", «Turkiy tillar harbiy terminlar lugʻati» kitoblari namoyish etildi hamda taqdimoti oʻtkazildi.
✔️ Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarining taklif va mulohazalari tinglandi. Sohadagi muammolar atroflicha muhokama qilindi.
✨ Uchrashuv o‘zaro fikr almashish va tajribani baham ko‘rish ruhida o‘tdi.