XALQARO HAMKORLIK DOIRASIDA SEMINAR-TRENING BO‘LIB O‘TDI

21 Fevral, 2026 78

Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazida xalqaro hamkorlik doirasida navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirni markaz direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida ta’lim sifatini oshirishda xalqaro tajriba va innovatsion metodlarning ahamiyati, pedagoglarning kasbiy mahoratini muntazam rivojlantirish zarurligini alohida ta’kidladi.

Seminar-trening markazning xorijlik maslahatchisi, xalqaro darajadagi trener Sonke Dilamine tomonidan olib borildi.

Mavzu: Making lessons fun and interactive for student engagement. Lesson gamification for understanding and rapport.
Mashg‘ulot davomida dars jarayonini qiziqarli va interaktiv tashkil etish, o‘quvchilarning faolligini oshirish, o‘yin elementlari orqali mavzularni samarali o‘zlashtirish hamda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar taqdim etildi.

Ishtirokchilar amaliy mashqlar va tajriba almashish jarayonida o‘z bilim va ko‘nikmalarini boyitib, dars samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi usullar bilan tanishdilar.

Mazkur seminar-trening pedagoglarning kasbiy rivoji va ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

 Xalqaro darajadagi trener bilan — siz ham xalqaro trenerga aylaning!

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech