Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazida xorijlik maslahatchi, xalqaro darajadagi trener Sonke Dilamine ishtirokida seminar-trening tashkil etilmoqda.
Mavzu: “ICT Tools and Programs in Language Teaching”
Bugun o‘tkazilayotgan seminar-treningda markaz professor-o‘qituvchilari, pedagoglar hamda tinglovchilar faol ishtirok etmoqdalar.
Tadbir Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirovning kirish so‘zi bilan ochib berildi. O‘z nutqida u xalqaro hamkorlikning ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati hamda pedagoglarning doimiy kasbiy rivojlanishi haqida alohida ta’kidlab o‘tdi.
Seminar davomida xorijiy trener tomonidan til o‘qitishda qo‘llaniladigan zamonaviy ICT vositalari, innovatsion dasturlar va interaktiv metodlar bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda.
Tinglovchilar seminar jarayonida faol qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olmoqda hamda xalqaro tajribalar bilan yaqindan tanishmoqda.
Mazkur seminar pedagoglar va tinglovchilar uchun yangi bilim va tajribalarni egallash, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish hamda professional rivojlanish sari muhim qadam bo‘lmoqda.
✨ “Xalqaro darajadagi trener bilan siz ham xalqaro trenerga aylaning!” shiori ostida o‘tayotgan ushbu seminar barcha ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.