XALQARO HAMKORLIK: MUHIM KELISHUVLARGA ERISHILDI

14 Sentyabr, 2026 7

Samarqandda xalqaro ta’lim hamkorligining yangi istiqbollari belgilandi
2026-yil 11–15-sentabr kunlari Samarqand shahrida Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay Pedagogika Universiteti (Shanghai Normal University — SHNU) hamda YUNESKO huzuridagi O‘qituvchilar malakasini oshirish xalqaro markazi (UNESCO Teacher Education Center — UNESCO TEC) vakillaridan iborat xalqaro delegatsiyaning rasmiy va amaliy tashrifi bo‘lib o‘tdi.

🤝Tashrif doirasida xalqaro delegatsiya Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida bo‘lib, markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Uchrashuvda markaz direktori Anvar Sobirov ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish borasidagi hamkorlik muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.



 Uchrashuv yakunida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat tomonlar o‘rtasida ta’lim, pedagoglar malakasini oshirish, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yo‘nalishlaridagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

 Tashrif yakunida Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov tomonidan xalqaro delegatsiya a’zolariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
🌐 Mehmonlar Samarqanddagi mazmunli uchrashuvlar va o‘zaro manfaatli muloqotlardan mamnun ekanliklarini bildirib, kelgusida hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.

Mazkur tashrif O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi do‘stona aloqalarni yanada rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikning yangi imkoniyatlarini ochishga xizmat qildi.

 Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech