Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Markazga Islom Taraqqiyot Banki — Almati mintaqaviy markazi Mamlakat operatsiyalari menejeri Dr. Farid Ahmed Khan, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Ms. Rexina Mariya Kastijio hamda Maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish departamenti direktori Lola Berdieva tashrif buyurdi.
Mehmonlarni markaz direktori Anvar Sobirov kutib oldi.
Uchrashuvda maktabgacha ta’lim yo‘nalishida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar, ularning hududlardagi ijrosi va natijalari muhokama qilindi. Shuningdek, pedagoglarning kasbiy rivojlanishi, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish, xalqaro tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar kelgusida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va maktabgacha ta’lim sohasidagi qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash borasida fikr almashdilar.