XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TDI

23 Aprel, 2026 3

Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazida “Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda raqamlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanishning ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

 2026-yil 23-aprel kuni o‘tkazilgan ushbu konferensiyada soha mutaxassislari, pedagoglar hamda ilmiy izlanuvchilar ishtirok etib, ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, xususan sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

 Tadbir davomida ilg‘or tajribalar almashildi, innovatsion yondashuvlar taqdim etildi hamda aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan takliflar ilgari surildi.

Konferensiya onlayn tarzda (Zoom platformasi orqali) tashkil etilib, keng auditoriyani qamrab oldi.

Samarqand viloyati PMMni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech