XALQARO “KLASS!” LOYIHASI DOIRASIDA SAMARQANDDA PEDAGOGIK MAHORAT TADBIRLARI O‘TKAZILDI

14 Noyabr, 2025 12

Xalqaro “Klass!” (“Zo‘r!”) loyihasi doirasida Rossiyaning A. I. Gertsen nomidagi RGPU professori, pedagogika fanlari doktori, metodist Olga Sergeyeva hamda PMM katta o‘qituvchisi Irina Raimkulova Samarqand shahridagi bir nechta ta’lim muassasalarida mahorat darslari va uchrashuvlar o‘tkazdilar.

Mutaxassislar “Samarkand Intellekt” xususiy umumta’lim maktabi, shuningdek, 52- va 41-maktab o‘qituvchilari bilan tajriba almashib, zamonaviy metodikalar bo‘yicha amaliy maslahatlar berdilar.

Professor L.Sergeyeva o‘quvchilar uchun kasb tanlash va o‘z yo‘lini belgilashga bag‘ishlangan noodatiy master-klass ham tashkil etdi. Mazkur dars bitiruvchilarga kelgusida oliy yoki o‘rta ta’lim muassasasini ongli ravishda tanlashga ko‘maklashishni maqsad qildi.

Tadbirlar O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning malakasini mustahkamlash va ta’lim tizimini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

 Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech