Samarqand shahrida 11–15-sentabr kunlari Xitoyning YUNESKO huzuridagi O‘qituvchilar ta’limi markazi (TEC) professor-o‘qituvchilari hamda Shanxay Pedagogika universiteti (SHNU) talabalaridan iborat delegatsiyaning ta’limiy va madaniy tashrifi davom etmoqda.
📚 Tashrifning 12-sentabr kunidagi dastur doirasida delegatsiya a’zolari Samarqand shahridagi 9-sonli umumta’lim maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlar maktab infratuzilmasi, zamonaviy o‘quv xonalari hamda axborot texnologiyalari bilan jihozlangan ta’lim muhitini ko‘zdan kechirdilar.
Shuningdek, matematika, fizika va informatika fanlari bo‘yicha dars jarayonlari kuzatilib, o‘zbekistonlik va xitoylik pedagoglar hamda talabalar ishtirokida zamonaviy o‘qitish metodikalari, IT-texnologiyalardan ta’lim jarayonida foydalanish yuzasidan fikr almashildi.
🕌 Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya a’zolari Imom al-Buxoriy majmuasini ziyorat qildilar. Mehmonlarga buyuk muhaddis Imom al-Buxoriyning islom olami va jahon madaniyatidagi o‘rni, majmuaning tarixiy-ma’naviy ahamiyati hamda bu yerda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida ma’lumot berildi.
🤝 Xitoy delegatsiyasining Samarqand shahridagi ta’limiy, rasmiy va madaniy tashrif dasturi davom etmoqda.
📌 Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: