Xalqaro e'tirof: "Professor Pirnazar Davronov izdoshlari" olimpiadasi haqida maqola chop etildi

6 Avgust, 2026 4

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi professori Pirnazar Davronov tashabbusi bilan an'anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan "Professor Pirnazar Davronov izdoshlari" olimpiadasi xalqaro ilmiy jamoatchilik e'tiborini ham qozonmoqda.

 Qozogʻistonlik professor Shapagʻat Jalmaxanov mazkur olimpiadaning ta'lim tizimidagi ahamiyati, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashdagi oʻrni hamda ustoz-shogird an'analarini rivojlantirishdagi xizmatlarini yoritgan maqolasi bilan ishtirok etdi.

Mazkur maqola "Zarafshon" gazetasida chop etilib, olimpiadaning yurtimiz va xalqaro ilmiy-pedagogik hamjamiyatdagi nufuzi tobora ortib borayotganini yana bir bor namoyon etdi. Olimpiada ko‘p yillardan buyon iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni rag‘batlantirishga xizmat qilib kelmoqda.

 Professor Pirnazar Davronovni ushbu e'tirof bilan samimiy tabriklaymiz va ilm-fan hamda ta'lim ravnaqi yo'lidagi faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Batafsil:

https://www.facebook.com/share/p/1AeTNkFnSw/

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech