Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish maqsadida markazning xorijlik maslahatchisi, xalqaro darajadagi trener Sonke Dilameni ishtirokida seminar-trening mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
📚Tadbirni Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berib, xalqaro tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni o‘rganish va o‘qituvchilarning professional rivojlanishidagi ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.
🖇Seminar-treningda Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda kurs tinglovchilari faol ishtirok etib, zamonaviy ta’lim metodlari, innovatsion yondashuvlar va xalqaro tajribalar yuzasidan zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
✔️Mazkur seminar ishtirokchilar uchun yangi bilimlar, tajriba almashish va xalqaro standartlar asosida kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qildi.
📸 Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati.