Xalqaro seminar-treningning uchinchi kuni davom etmoqda

26 Noyabr, 2025 28

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida maktabgacha ta’lim tizimidagi eng dolzarb mavzularga bag‘ishlangan uch kunlik seminar-treningning yakuniy — uchinchi kuni faol tarzda davom etmoqda.

UNICEF, Islom taraqqiyoti banki va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida o‘tkazilayotgan mazkur seminar-treningning uchinchi kuni maktabgacha ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan yakuniy taqdimotlar va amaliy mashg‘ulotlar bilan boyitildi.

Seminarda 28 nafar davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari, Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi hamda Samarqand davlat pedagogika instituti pedagoglari ishtirok etmoqda.

Bugungi mashg‘ulotlar davomida pedagoglar tomonidan o‘zlashtirilgan zamonaviy metodlar muhokama qilinib, xalqaro tajribani amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha yakuniy tavsiyalar berildi.

Ishtirokchilar uch kun davomida olingan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlab, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi innovatsion yondashuvlar bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech