Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri Xosiyat Bobomurodova bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbirni markaz direktori Anvar Sobirov kirish soʻzi bilan ochib berib, mehmonni samimiy qutladi hamda bunday maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar pedagoglarning ijodiy tafakkuri va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishda muhim oʻrin tutishini taʼkidladi.
Uchrashuv davomida Xosiyat Bobomurodova oʻz ijodiy faoliyati, sheʼriyatga kirib kelish yoʻli hamda adabiyotning inson kamolotidagi oʻrni haqida soʻz yuritdi. Shoiraning dilbar sheʼrlari yangradi, tinglovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi hamda ularning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.
Mazkur ijodiy uchrashuv ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirib, kitobxonlik va sheʼriyatga boʻlgan qiziqishni yanada oshirdi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: