Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib bergan “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan internet va axborot texnologiyalari hayotimizni yengillashtirishi bilan birga, ayrim xavf-xatarlarni ham yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa, yoshlarning onlayn makondagi zararli g‘oyalarga duch kelish ehtimoli ortib bormoqda.
Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sohibnazar Boymurodov ishtirok etib, “Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzusida atroflicha ma’ruza qildi.
U o‘z so‘zida: “Bugungi yoshlarimiz orasida internet tarmoqlaridagi turli saytlar, shubhali havolalar (link, ssilka) orqali bilmagan holda noto‘g‘ri yo‘nalishlarga adashib ketayotganlar ham uchramoqda”, — deya ta’kidladi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilar bilan fikr almashinuvi hamda savol-javoblar o‘tkazildi.