Xitoyda o‘quvchilar bir kunda necha soat o‘qishlarini bilasizmi?!

8 Dekabr, 2025 19

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov raisligidagi delegatsiya a’zolari ayni paytda Xitoyda bo‘lib, u yerda mamlakat ta’lim tizimi, o‘quv jarayonini tashkil etish va ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganishga qaratilgan tashriflarini davom ettirmoqda. Delegatsiya Xitoy maktablaridagi o‘quvchilarning kun tartibi, darslar yuklamasi va o‘qitish metodlari bilan yaqindan tanishmoqda.

➡️Xitoy maktablarida o‘quvchilar bir kunda kamida 11 soat dars o‘tadi. Ayniqsa, aniq fanlar, tabiiy fanlar va Xitoy tili har kuni 2 soatdan o‘qitiladi. Maktablarda zamonaviy kutubxonalar, sport majmualari va turli to‘garaklar uchun maxsus joylar mavjud. O‘quvchilar ertalabdan kechgacha maktabda bo‘lib, asosiy darslar, to‘garak mashg‘ulotlari va uy vazifalarning katta qismi ham maktabning o‘zida bajariladi. Shuningdek, kun davomida ularga sport bilan shug‘ullanish uchun alohida vaqt ajratiladi.

🎥Delegatsiya a’zolari ushbu tajribalarni o‘rganib, ularni O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashtirish bo‘yicha imkoniyatlarni ham tahlil qilmoqda.

Powered by GSpeech