Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahridagi YuNESKO huzuridagi O‘qituvchilar ta’limi markazi (Teacher Education Centre) vakillari Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov hamrohligida Samarqand shahridagi bir qator umumta’lim maktablariga tashrif buyurishdi.
Delegatsiya tarkibida professor, doktor Hu Guoyong – direktor o‘rinbosari, professor Jiexin Lyu – loyiha menejeri, doktor Ruimiao Li – loyiha menejeri hamda xonim Olga Xrebtovskaya – doktorant ishtirok etdilar.
Tashrif davomida mehmonlar Samarqand shahridagi 8-sonli maktabda dars jarayonlarini kuzatib, o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanishlari, o‘quvchilarning faolligi hamda ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish bo‘yicha tajribalar bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, seminar va treninglar tashkil etish hamda ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: