Xotira barhayot — inson qadri muqaddas

8 May, 2026 6

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi jamoasi tomonidan markazning O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi, marhum Suyarov Qahramon Usanovichning oila a’zolaridan xabar olindi.

Inson qadri ulug‘langan, xotira e’zozlangan ushbu kunda marhumning yorqin xotirasi chuqur hurmat bilan yod etildi. Oila a’zolariga samimiy hamdardlik va sabr-toqat tilandi.
Yurtimizda ezgulik, mehr-oqibat va insoniy qadriyatlarni ulug‘lashdek olijanob an’analar davom etaveradi.

 Marhumning joylari jannatdan bo‘lsin.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech