Samarqand viloyatida “Yil o‘qituvchisi” Respublika tanlovining ikkinchi bosqichi katta shukuh bilan o‘tkazilmoqda. Tanlov bugun Bulung‘ur tumanidagi 36-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda Samarqand shahridagi 81-umumiy o‘rta ta’lim maktabida davom etmoqda.
Bulung‘ur tumanidagi 36-maktabda Jomboy tumani o‘qituvchilari,
Samarqand shahridagi 81-maktabda esa Samarqand tumani umumta’lim maktablaridan tanlovga nomzod o‘qituvchilar o‘z dars o‘tish mahoratlarini namoyish etmoqda.
Uchrashuvlar doirasida pedagoglar nafaqat ta’lim berish uslubini, balki o‘quvchilar bilan samarali muloqot, innovatsion yondashuvlar va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha o‘z ijodiy salohiyatlarini ko‘rsatmoqdalar.
Ma’lumot uchun:
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qaroriga ko‘ra, har bir tuman (shahar) bo‘yicha birinchi oʻrinni egallagan g‘olib pedagog bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari (hozirgi vaqtda 576 800 000 so‘m) miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: