Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov raisligida ilmiy kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi.
✔️Yig'ilishda Hududiy markazi direktori Anvar Sobirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrifini butun dunyo katta qiziqish bilan kuzatganligini ta’kidladi.
Xususan, Prezident BMTda: “O‘qituvchilarning obro‘sini oshirishga hal qiluvchi masala deb qarayapmiz” dedi.
Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishida aytib o‘tgan:
“Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizga oshgani, yoshlarimizning oliy ta’lim bilan qamrovi esa 9 foizdan 42 foizga yetgani qayd etildi. Eng asosiysi – o‘qituvchi va ustozlik kasbining obro‘si va nufuzini keskin oshirishga hal qiluvchi masala sifatida qaralmoqda”
— deb aytgan davlatimiz rahbarining (https://t.me/Press_Secretary_Uz/6300) so'zlarini keltirib o'tdi.
🔗Shuningdek, markaz professori K.Haydarov "Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari". "Kiyinish madaniyati, o'qituvchi imiji" mavzusida ma'ruza qildi.
👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: