Yangi farmon — yangi imkoniyatlar!

17 Fevral, 2026 6

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PF-19-son Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar “Maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish” bo‘limi tomonidan tashkil etildi.

Mazkur tadbirni Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida farmonning maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqishdagi ahamiyatini alohida ta’kidladi.

Seminar davomida farmonda belgilangan asosiy vazifalar atroflicha muhokama qilindi. Jumladan:

ta’lim-tarbiya jarayonini ilg‘or tajribalar asosida, innovatsion texnologiyalarni joriy etgan holda tashkil etish;

sohaga xususiy sektorni keng jalb qilishni yanada qo‘llab-quvvatlash;

bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarining ta’lim dasturini majburiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichi sifatida joriy etish;

bolalarni rivojlantirish innovatsion markazini o‘z ichiga olgan “Yangi avlod” maktabgacha ta’lim tashkilotlarini barpo etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ishtirokchilarga hujjatning amaliy ahamiyati, uni ta’lim tashkilotlari faoliyatiga tatbiq etish mexanizmlari hamda ijrosini samarali ta’minlash yo‘llari batafsil tushuntirildi. Shuningdek, tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

Seminar yakunida ishtirokchilarda farmon mazmuni yuzasidan aniq tushuncha shakllandi hamda uni amaliy faoliyatda samarali qo‘llash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Powered by GSpeech