Yaponiyaning Nagoya universiteti professori Sarkar Arani Muhammad Rizo Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markaziga tashrif buyurdi

28 Yanvar, 2026 27

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markaziga tashrif davomida professor markaz direktori Anvar Sobirov bilan muzokaralar o‘tkazilib, kelgusidagi hamkorlik rejalari belgilab olindi.

 Muzokaralar jarayonida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

 pedagogik innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish;
 malaka oshirish kurslari va metodik tajribalarni rivojlantirish;
 xalqaro hamkorlik va tajriba almashish yo‘nalishlari.

Shuningdek, professor Yaponiya ta’lim tizimi va zamonaviy pedagogik yondashuvlar bo‘yicha tajriba va ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. Bu esa markazning malaka oshirish kurslari va pedagogik faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

 Uchrashuv yakunida hamkorlik memorandumi imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Yaponiyaning Nagoya universiteti professor-o‘qituvchilari bilan tajriba almashish hamda Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilarining ushbu universitetda malaka oshirishi belgilandi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech