Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida o‘tkazilayotgan "Yil o‘qituvchisi" ko‘rik-tanlovining uchinchi bosqich sinovlari ikkinchi kunida ham yuqori saviyada davom etmoqda.
👩🏫👨🏫 Tanlov ishtirokchilari zamonaviy pedagogik yondashuvlar, kasbiy salohiyat, ijodkorlik hamda amaliy ko‘nikmalarini namoyon etib, hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholanmoqda.
✨ Mazkur tanlov pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
🎥 Tanlovning ikkinchi kunidan fotolavhalar.