Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan tadbirni ochib berib, yoshlarni bilim olishga intilish, to‘g‘ri kasb tanlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga chaqirdi.
Samarqand viloyatida “Yangi O‘zbekiston” universiteti vakillari tomonidan umumta’lim maktablari bitiruvchilari uchun targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbirda o‘quvchilarga universitetda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ta’lim jarayonining xalqaro standartlar asosida yo‘lga qo‘yilgani, shuningdek, talabalar uchun mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida universitetda zamonaviy laboratoriyalar, raqamli ta’lim platformalari, rivojlangan infratuzilma mavjudligi, xorijiy professor-o‘qituvchilar ishtiroki, xalqaro hamkorlik va almashinuv dasturlari keng yo‘lga qo‘yilgani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, oliy ta’lim muassasasiga qabul qilish tartibi, grant va stipendiya imkoniyatlari hamda talabalar hayotiga oid masalalar yuzasidan batafsil javoblar oldilar.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: