YuNESKO ta’lim rivoji uchun yangi hamkorlik eshiklarini ochmoqda

3 Noyabr, 2025 15

Bugun Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahridagi YuNESKO huzuridagi O‘qituvchilar ta’limi markazi (Teacher Education Centre) vakillari Samarqand viloyati pedagogik mahorat markaziga tashrif buyurishdi.

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov bilan mehmonlar uchrashuvida markazlar o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish tizimini takomillashtirish hamda xalqaro tajriba almashuvni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda direktor o‘rinbosari, professor, doktor Hu Guoyong, loyiha menejeri, professor Jiexin Lyu, loyiha menejeri, doktor Ruimiao Li hamda doktorant Olga Xrebtovskaya ishtirok etdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilarining 2025-yil 26-noyabr – 10-dekabr kunlari Shanxay shahrida o‘tkaziladigan xalqaro sammitda (40 dan ortiq davlat vakillari ishtirokida) qatnashishi bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

 Ushbu hamkorlik o‘zbekistonlik pedagoglar uchun xalqaro tajriba almashish, malaka oshirish va ta’lim sifatini yanada yuksaltirish yo‘lida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech