ZAMONAVIY TA’LIM: PIRLS VA TIMSS YO‘NALISHIDA YANGI BOSQICH

25 Mart, 2026 18

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida “Zamonaviy ta’lim: PIRLS va TIMSS” mavzusida qisqa muddatli o‘quv kurslariga start berildi.

Mazkur kurslar Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi o‘qituvchilari D. Rabbonayeva hamda D. Nurmanovalar tomonidan olib borilmoqda.
Kursning asosiy maqsadi — xalqaro tadqiqotlar (PIRLS va TIMSS) mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish, ularga samarali tayyorgarlik jarayonini takomillashtirish hamda tinglovchilarga nazariy va amaliy bilimlarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida yetkazishdan iborat.

 Zamonaviy yondashuv
 Amaliy mashg‘ulotlar
 Xalqaro tajriba asosida ta’lim

Ushbu kurslar ta’lim sifatini oshirish va xalqaro baholash dasturlarida yuqori natijalarga erishishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech