Zakovat

11 Iyun, 2026 8

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi ARM va Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan tinglovchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Mazkur intellektual bellashuvning asosiy maqsadi tinglovchilarning bilim va tafakkurini charxlash, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, jamoada ishlash madaniyatini mustahkamlash hamda kitobxonlik va ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.

Qizg‘in va murosasiz ruhda kechgan bahslarda ishtirokchilar o‘zlarining bilimdonligi, topqirligi va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar. Intellektual o‘yin davomida jamoalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti shakllanib, ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashildi.

Bunday ma’rifiy tadbirlar pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda bilim almashish muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

 Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi axborot xizmati

Powered by GSpeech