Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Axborot-resurs markazi hamda Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy o‘tgan bellashuvda ishtirokchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Tadbir intellektual salohiyatni oshirish, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish hamda o‘qituvchilar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qildi.
📚🧠 Bilim va tafakkur uyg‘unlashgan ushbu uchrashuv ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: