Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

9 Aprel, 2026 6

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida buyuk sarkarda Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ARM hamda Ijtimoiy va amaliy fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda tinglovchilar ham faol ishtirok etdilar.

Xususan, tarix va musiqa guruhi tinglovchilari tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, Amir Temur hayoti va faoliyati badiiy ifoda orqali yoritildi.

Mazkur chiqishlar tadbirga alohida ruh bag‘ishlab, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir davomida buyuk ajdodimiz merosini chuqur o‘rganish, yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech